Sharqiy Finlandiya universiteti olimlari inson saunaga qancha ko‘p borsa va u yerda qancha ko‘p qolsa, yurak xastaliklaridan bevaqt o‘lim topish xavfi shunchalik kamayishini aniqladi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Tadqiqotda 42 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 2315 nafar erkak qatnashgan. Ko‘ngillilarning sog‘lig‘i 21 yil davomida kuzatib borilgan. Olimlar haftasiga bir marta saunaga boradigan va bu ishni tez-tez qiladiganlar orasidagi o‘lim darajasini taqqoslagan.
Bu davr mobaynida jami 929 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, 190 tasida to‘satdan yuz bergan yurak xuruji, 280 tasida yurak ishemik kasalliklari, 407 tasida yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida sodir bo‘lgan.
Tahlil haftasiga 2−3 marta qatnaydiganlarda to‘satdan yurak to‘xtashi xavfi 22 foizga, 4−7 marta qatnaydiganlarda esa 66 foizga kamayganini ko‘rsatgan.
Izoh (0)