“Paxtakor” va “Naft” jamoalari o‘rtasidagi OChL 1-tur bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan va klub sardori Kaxi Maxaradze matbuot anjumanida ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
— Bugun maydonga g‘alaba uchun tushgandik. Shu bois, kamchilik bo‘lib qolgan bo‘lsak-da, durangni saqlab qolish haqida o‘ylamasdan, oldingi o‘tdik va g‘alaba to‘pini kiritdi. Bugun kuchli raqibni mag‘lub etdik. Bugungi o‘yin uchun yigitlarga rahmat aytaman. Keyingi o‘yinlarda ham muxlislarni quvontirishda davom etamiz.
Maxaradze: — Jamoadoshlarim bugun borini berib o‘ynashdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman.
— Sherzod Karimov keyingi o‘yinda maydonga tusha olmasligini inobatga olsak, jamoani kuchaytirish mumkin bo‘lgan futbolchilar bormi?
— Tarkibimizda iqtidorli yoshlar ko‘p — Jamshid Boltaboyev, Vladimir Kozak. Bugun mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvimizni o‘tkazganimiz bois, chiroyli o‘yin kutib bo‘lmasdi. Eng asosiysi, 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.
— Jaloliddin Masharipovning bugungi o‘yini keyingi o‘yinlarda uning boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishiga sabab bo‘ladimi?
— Bo‘lishi mumkin. U bugun o‘yinga yaxshi qo‘shilib, o‘yinimizni kuchaytira oldi.
Izoh (0)