Ko‘rinishidan oddiy mashinaga o‘xshab ko‘rinsa-da, zirhli avtomobillar korpusi o‘ta mustahkam po‘latdan ishlanib, o‘q o‘tmas oynalar, yuqori texnologiyalar va hattoki ancha zamonaviy qurollar bilan jihozlangan bo‘ladi, deb yozadi “Day.az”. Albatta, bunday avtomobillarning narxi ham ko‘plab lyuks avtomobillarnikida yuqori. E’tiboringizga zirhli avtomobillarining 10 ta eng qimmat vakilini havola etamiz.
10. Lexus LS 460 L − 300 ming dollar
Dizayn va xavfsizlik uyg‘unligini o‘zida jo qilgan avtomobil 389 ot kuchiga ega hamda o‘q otilishi va granata portlashiga dosh bera oladi.9. BMW 750 Li Sedan − 340 ming dollar
International Armoring Corporation oddiy BMW’ni g‘ildirakli tankka aylantirib qo‘ygan. 400 ot kuchiga ega avtomobilning deyarli har bir detali zirhlangan.8. Cadillac Escalade ESV – 350 ming dollar
Saloni zamonaviy ofis uskunalari va televizorlar bilan jihozlangan Cadillac Escalade’ning zirhlangan varianti o‘ta kuchli xavfsizlik tizimiga ham ega.7. Mercedes-Benz S-Guard – 400 ming dollar
S-Guard modeli M60 pulemyotlarining to‘xtovsiz o‘t ochishiga bardosh bera oladi. Gaz yordamida hujum qilinganda esa avtomobil o‘zining kislorod tizimini ishga tushiradi.6. Knight XV – 629 ming dollar
Atigi 100 ta sonda ishlab chiqarilgan ushbu avtomobil mukammal himoya tizimidan tashqari juda yaxshi jihozlangan salonga ham ega.5. Huron − 630 ming dollar
Lyuks avtomobillarga o‘xshamaydigan ushbu zirhli transport vositasi ko‘proq armiya uchun mo‘ljallangan, hatto uning tomida pulemyot minorasi ham o‘rnatilgan.4. Audi A8 Security – 700 ming dollar
Avtomobil to‘liq zirhlanganiga qaramay, buni payqash juda qiyin. Mashina qismlari maxsus hududda qo‘lda tayyorlanishi aytilgan.
3. Mercedes-Benz G63 AMG – 1 million dollar
Eng yaxshi zirhlangan avtomobillardan biri sifatida e’tirof etiladigan ushbu Mercedes himoya tizimi mukammal darajada ishlangan.2. Cadillac One − 1,5 million dollar
Ushbu avtomobil AQSh prezidentlariga xizmat ko‘rsatishi uning qay darajada himoyalanganidan dalolat berib turadi.1. Т-98 Kombat – 1,5 million dollar
Rossiyada ishlab chiqariladigan, qismlari qimmatbaho toshlar va metallardan ishlangan ushbu avtomobil ko‘plab siyosatchilar va Yevropa shahzodalariga xizmat ko‘rsatishi aytilgan.
Izoh (0)