Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘ganning oila a’zolarining barcha qo‘riqchilari prezidentning qizi Sumeyega suiqasd tayyorlanayotgani haqidagi xabardan keyin o‘zgartirildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Anqara prokuraturasi o‘tgan haftada Erdo‘ganning arizasiga binoan prezident oilasi a’zolariga nisbatan tahdidlar yuzasida tekshiruv boshlagan. Qator turk OAVlari esa 7-iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan parlament saylovlari arafasida hokimiyatdagi Adolat va taraqqiyot partiyasining saylovloldi kampaniyasini buzish maqsadida Sumeyega suiqasd tayyorlanayotgani haqida xabar bergan.
Qayd etilishicha, Erdo‘g‘an oilasining qo‘riqlash xizmati politsiyaning oliy toifali bo‘linmalari hisobiga kuchaytirilgan. Avvalroq, Sumeye Erdo‘g‘an parlament saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)