Toshkentda qarama-qarshi yo‘nalishlari panjaralar bilan ajratilgan yo‘lda Nissan haydovchisi piyodalar yo‘lagi uchun ajratilgan oraliqdan qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ortga burilmoqchi bo‘ldi. Tegishli fotosurat Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga joylashtirilgan.
Suratda qizil rangdagi Nissan Altima avtomobili piyodalar yo‘lagidan o‘tishga urinayotgani, natijada piyodalar yo‘lakdan chiqishga majbur bo‘lgani, avtomobil esa velosipedchada o‘tirgan bolani urib yuborishiga bir bahya qolgani aks etgan.
Surat ostiga izoh qoldirgan foydalanuvchilarning aksariyati Nissan haydovchisini keskin tanqid ostiga olgan. Qimmatbaho xorij avtomobilida yurish hamma narsa qilish mumkinligini anglatmasligini qayd etishgan. Bunday yo‘llarda yuqoridagiga o‘xshagan holat ko‘p uchrab turishini ham ma’lum qilishgan.
Izoh (0)