Samarqand viloyati Urgut tumanida nomalum shaxslar II guruh nogironi bo‘lgan ayolning 5 million so‘m pulini tortib olib, voqea joyidan yashirindi, deb xabar beradi “Postda” gazetasi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari mazkur holatdan xabar topib, talonchilarni aniqlash va qo‘lga olish choralarini ko‘rdi. Ko‘p o‘tmay, ushbu jinoyatni Urgutdan bo‘lgan ikki fuqaro sodir etganligi aniqlandi. Ayni paytda ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)