“Lokomotiv” hujumchisi Aleksandr Geynrix yanvar oyi boshida klub bilan shartnomasini uzaytirgandi. Ammo ma’lum muddat o‘tganidan so‘ng u jamoa bilan xayrlashdi, deb xabar beradi Stadion.uz.
“Lokomotiv”ning yangi futbolchilarini tanishtirish marosimida bosh murabbiy Vadim Abramov Geynrixning saviyasi jamoaga mos kelmay qolganini aytdi. Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida o‘tkazilgan Osiyo Kubogiga yo‘l olgan O‘zbekiston terma jamoasiga ham Aleksandr taklif qilinmagandi.
Futbolchi Qozog‘istonning “Irtish” jamoasi bilan shartnoma tuzgani haqida ham xabarlar chiqdi. Ammo bu xabar rasman tasdiqlanganicha yo‘q.
Bugundan boshlab Geynrix “Oq-tepa” klubi mashg‘ulotlariga qatnay boshladi. Hujumchi yangi jamoasi masalasi hal bo‘lmaguncha Birinchi liga klubi mashg‘ulotlarida o‘z formasini ushlab turmoqchi. Geynrix mavsumning birinchi qismini aynan “Oq-tepa”da o‘tkazishi ehtimoldan holi emas.
Izoh (0)