19-fevral kuni bahor mavsumida umra safariga borgan dastlabki 171 nafar ziyoratchi O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsi huzuridаgi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitа xabar qildi.
Ziyoratchilarni Toshkent shahar aeroportida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, tegishli vazirliklar va idoralar xodimlari hamda ziyoratchilarning yaqinlari kutib oldilar.
Muborak safardan qaytgan umrachilarimizdan poytaxtlik Mirzayeva Mahbuba: “Bunday uyushqoqlik bilan tashkil etilgan ziyorat shaxsan o‘zimda katta taassurot qoldirdi. Axir biz ziyoratchilar faqat ibodat va duodan boshqa narsalarni o‘ylamadik ham. Hamma narsa muhayyo, mehmonxona oldida maxsus avtobus, uch mahal issiq milliy ovqatlar, doimo qaynab turgan choylar va hokazolar. Bularning bari ibodatdan boshqa xech narsani o‘ylamay yurish uchun yaratilgan sharoitlar. Bularni ko‘rib, yurtimizning yanada obod va gullayverishini duo qildik, hammasi uchun faqat minnatdorchilik bildiramiz”, dedi.
Xuddi shu so‘zlarga Abzalov Akbar qo‘shilib: “Umrachi va hojilarga katta e’tibor berayotgan mutasaddi tashkilotlar ularning tepasida turgan g‘amho‘r Yurtboshimiz, hukumatimiz nomlariga Yaratgandan salomatlik, yurtimizga esa tinchlik, xalqimiz farovonligini tilaymiz”, deb duolar qildilar.
Ziyoratdan salomat qaytgan fuqarolarimizning kayfiyatlari ko‘tarinki yoshi ulug‘ umrachilarimizga yaratib berilayotgan sharoitlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda hukumatimiz nomiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, Vatanimiz ravnaqini tilab duolar qilmoqdalar, deyiladi xabarda.
Izoh (0)