Toshkent shahar Bektemir tumani IIBga shu tumanda yashovchi fuqaro murojaat qilib, noma’lum shaxs u tomonidan uyi oldida qarovsiz qoldirilgan Nexia rusumli avtomashinasining old va orqa tomon davlat raqam belgilarini yechib olib ketganligini ma’lum qilgan, deb yozadi IIV matbuot xizmati.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi fuqaro sodir etganligi aniqlandi va qo‘lga olindi.
Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)