Toshkent ko‘chalarida o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi yozuvlar, shuningdek turli rasmlar bilan bo‘yab tashlangan oq Lacetti yurgani qayd etildi. Tegishli fotosuratlar Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga joylashtirilgan.
Jumladan, avtomobilning old oynasiga “2015” soni katta qilib yozilgan, yozuv tepasida esa O‘zbekiston bayrog‘i chizilgan. Orqa oynada esa “100 ball” deb yozilgan. Davlat raqamlari ostiga “01 A 707 QA” deb yozib qo‘yilgan. Mashina orqasidagi Lacetti so‘zi tepasiga “zato” so‘zi qo‘shib qo‘yilgan.
Shuningdek, avtomobilning orqasida “Bu damlar og‘ir edi”, yon tomonlarida “Diplomat 2015”, “Shashlik 2015”, “Ok zor”, “Luck boy”, “Clash of clans” singari yozuvlar va turli rasmlar, mashina tomida esa O‘zbekiston bayrog‘i surati tushirilgan.
Lacetti’ni bunday holga kim keltirgani, nima uchun ushbu yozuvlar va suratlar tushirilgani, shuningdek yozuvlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)