2015-yilning 23-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YXHT DIIHB) O‘zbekiston Prezidenti saylovini Kuzatuvchilar missiyasi rahbari Kayetana de Zulueta bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Suhbat davomida YXHT DIIHB Kuzatuvchilar missiyasining O‘zbekistondagi faoliyati bilan bog‘liq amaliy masalalar muhokama qilindi.
Izoh (0)