LG Android 5.0’da ishlovchi 4 ta yangi smartfonni taqdim etdi

Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi eng so‘nggi versiyadagi Android 5.0 Lollipop operatsion tizimida ishlovchi to‘rtta qurilmani taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

Qurilmalar ekranlari, akkumulyatorlari sig‘imi va kameralari bilan farq qiladi. LG Magna 5 dyuymli va 1280×720 pikselli ekran, 8 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 2540 mA/s akkumulyator sig‘imiga ega. O‘lchamlari 139,7×69,9×10,2 mm ga teng.

LG Spirit 4,7 dyuymli ekran, 8 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 2100 mA/s akkumulyator sig‘imiga ega. O‘lchamlari 133,3×66,1×9,9 mm ga teng.

LG Leon 4,5 dyuymli va 854×480 pikselli ekran, 8 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 1900 mA/s akkumulyator sig‘imiga ega. Qalinligi 10,9 mm ga teng.

LG Joy 4 dyuymli va 800×480 pikselli ekran, 5 megapikselli asosiy va 0,3 megapikselli old kamera, 1900 mA/s akkumulyator sig‘imiga ega. O‘lchamlari 122,7×64×11,9 mm ga teng.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing