O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov Polshaning Vrotslav shahrida bo‘lib o‘tgan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Hal qiluvchi final uchrashuvida hamyurtimiz Mirza Basich (Bosniya va Gersegoviniya) ni 6-3, 6-4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng Farrux Do‘stov dunyo tennis tasnifida 98-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Izoh (0)