Surxondaryo viloyatidan bo‘lgan fuqaro tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmay tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishni mo‘ljalladi. Bu haqda SVOJJDLQK departamentining Surxondaryo viloyat boshqarmasi bo‘lim katta inspektori so‘zlariga tayanib, “Huquq” nashri xabar berdi.
Uning noqonuniy foyda olish maqsadida yakka tartibdagi bir tadbirkorning nomiga rasmiylashtirilgan guvohnomadan foydalanib, qalbaki hisob-faktura orqali jami 112 million 250 ming so‘mlik 15 tonna tovuq go‘shtini sotish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan “ishbilarmon tadbirkor” sudning qonuniy hukmiga ko‘ra, javobgarlikka tortildi.
Izoh (0)