O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 20-fevral kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi raisi J. Inog‘omov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili P. Parmonova yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.
Dasturda demokratiya tamoyillariga tayangan holda aholi turli ijtimoiy guruh va qatlamlarining turmush sifati va darajasini yanada oshirishga xizmat qiladigan iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilishiga hissa qo‘shish ilgari surilgan. Iqtisodiyot fan va texnikaning eng zamonaviy yutuqlariga, ilg‘or innovatsion tafakkurni tarbiyalaydigan ta’lim tizimiga tayanishi zarurligiga e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, jamiyatda qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni ta’minlash, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash orqali sohaga innovatsiyalarni joriy qilish, kadrlarni maqsadli tayyorlash, ilm-fanni rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini yanada oshirish kabi qator ustuvor vazifalar ilgari surilgan.
Uchrashuvda Sergeli tumani hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D. Rahimjonova, partiyaning Mirobod tumani kengashi raisi T. Matiboyev va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, saylovchilarni 29-mart kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.
Izoh (0)