Argentinada “Barselona” hujumchisi Lionel Messining turmush o‘rtog‘i Antonelli Rakussoning ota-onasiga tegishli uyni o‘marib ketishdi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Payshanbadan jumaga o‘tar kechasi bir guruh noma’lum shaxslar Funes shahridagi kottejlar posyolkasi hududida paydo bo‘lib, bir nechta uyni o‘margan. Ulardan biri Messining rafiqasining ota-onasiga tegishli bo‘lgan. Qurollangani qayd etilgan o‘g‘rilar pul va qimmatbaho buyumlarni olib ketgan.Politsiya tekshiruvni boshlagan, biroq jinoyatchilar ishonchli qo‘riqlash tizimi bilan jihozlangan posyolkaga qanday qilib sezdirmay kirib olgani noma’lumligicha qolmoqda.
Izoh (0)