2014-yil iyun oyida AQShning Livoniya shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinda qizil kartochka ko‘rsatmoqchi bo‘lgan 44 yoshli hakam Jon Benevichni urib o‘ldirgan 36 yoshli havaskor futbolchi Bassel Saad 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin, deb xabar bermoqda The Guardian.
Qayd etilishicha, sportchi tergov bilan kelishuvga erishgach, prokuror jazoni yengilrog‘iga almashtirishga rozi bo‘lgan. Bungacha uni umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi kutayotgan edi.
Sud 23-fevral kuni boshlanishi ko‘zda tutilmoqda. O‘yinchiga qasddan sodir etilmagan qotillik bo‘yicha ayblov e’lon qilinadi.
Izoh (0)