BAA poytxti Abu-Dabi shahrining Mussafa tumanida joylashgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotiladigan savdo markazi hududida ro‘y bergan yong‘in oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi va 8 kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “RIA Novosti” agentligiga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.
Bu yong‘in 20-fevral kuni, savdo markaziga yondosh hududdagi mehnat muhojirlari istiqomat qiladigan yotoqxonalardan kelib chiqqan va 7 ta do‘konga tarqalgan. Voqea joyiga politsiya va qutqaruv xizmatlari yetib kelib, yong‘inning salbiy oqibatlarini kamaytirishga erishgan.
Ayni paytda politsiya bino egasini hibsga olgan va surishtiruv ishlari olib borish orqali yong‘inning asl sababini aniqlashga urinmoqda.
Jarohatlanganlarning esa ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Izoh (0)