Tailandda yerga qulab tushgan ko‘p mo‘ljalli F-16 qiruvchi samolyotining uchuvchisi polkovnik Nopxanon Nivatsanon halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Tailand harbiy havo kuchlari qidiruv guruhi tomonidan topilgan uchuvchining jasadi fojea sodir bo‘lgan joydan vertolyotda Lobpuri shahriga, keyin esa polkovnikning vatani Prachinburi provinsiyasiga olib boriladi va dafn qilih uchun yaqinlariga beriladi.
Qayd etilishicha, 1988-yildan buyon Tailand harbiy havo kuchlari tarkibida bo‘lgan va doimiy texnik ko‘rikdan o‘tib turgan AQShda ishlab chiqarilgan F-16 qiruvchi samolyoti Lobpuri provinsiyasidagi o‘quv otishmalari jarayonida Kxao Chiao qishlog‘i yaqinida yerga qulagan.
Izoh (0)