Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida shaxmat bo‘yicha FIDE Gran-prisining uchinchi bosqichi davom etmoqda. Sayyoramizning eng kuchli grossmeysterlari ishtirokida o‘tayotgan nufuzli musobaqada hamyurtimiz 2004-yilgi jahon chempioni Rustam Qosimjonov ham ishtirok etmoqda. Kecha musobaqada dam olish kuni edi, deb yozadi “Olamsport”.
Tashkilotchilar bundan unumli foydalanib, grossmeysterlarni futzal o‘ynashga taklif qilishdi. Tabiiyki, ushbu uchrashuvda Rustam Qosimjonov ham maydonga tushdi. Hamyurtimiz nafaqat to‘p tepdi va balki darvozani ham ishg‘ol qildi. Eng muhimi, u jamoadoshlarini sardor sifatida maydonga boshlab tushdi.
Izoh (0)