26-fevral kuni soat 10:00 da Rossiyaning Astraxan shahridagi Saratov davlat yuridik akademiyasining ma’ruzalar zalida Sharqning buyuk shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiyga bag‘ishlangan xotira kechasi o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Astraxan viloyati xalq madaniyati ilmiy-metodologik markazi.
Tadbir tashkilotchilari Madaniyat va turizm mintaqaviy vazirligi, Astraxan viloyati xalq madaniyati ilmiy-metodologik markazi va Astraxan viloyati “O‘zbekiston” o‘zbek madaniyati jamoatchilik tashkiloti ekanligi ma’lum qilingan.
Kecha doirasida etnograflar, olimlar, jamoat arboblari, milliy-madaniy birlashmalar vakillari va Astraxan oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirokida “O‘zbek xalqining tarixiy-madaniy merosi” ilmiy mutolaalari bo‘lib o‘tadi. Yuridik akademiya binosida turkiy namoyondlaar kitoblari va o‘zbek ro‘zg‘or buyumlaridan ikkita ko‘rgazma tashkillashtiriladi. Tadbir so‘ngida mavzuga doir kichik konsert ham uyushtiriladi.
Izoh (0)