Andijon viloyati Andijon tumanida noma’lum haydovchi avtomashina boshqarib ketayotib, Andijon shahrida yashovchi bir fuqaroni urib yubordi va unga yordam ko‘rsatmasdan qochib ketdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro Lacetti rusumli avtomashinada sodir etganligi aniqlandi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.