Fransiyaning Marsel shahrida Open 13 deb nomlangan tennis turnirining asosiy to‘r bahslari davom etmoqda. ATP tasnifidagi ushbu nufuzli turnirning mukofot jamg‘armasi 565 ming 735 yevroni tashkil qiladi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Ushbu musobaqada O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin ham ishtirok etyapti. Yakkalikning ilk davrasida xorvatiyalik Borna Chorichga 4:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy bergan Istomin endi bor e’tiborini juftlikdagi ishtirokiga qaratgan.
Denis juftliklar bellashuvining ilk davrasida qozog‘istonlik Andrey Golubev bilan birga Buyuk Britaniya va Avstraliya vakillari Jeymi Marrey hamda Jon Pirsni qiyinchilik bilan uch set natijasiga ko‘ra 7:5, 6:7, tay-brekda 10:7 hisobida mag‘lub etdi.
Izoh (0)