2015-yilning 19-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Sudan Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Baku shahrida) Mohamed Elias Mohamed Elhajni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston - Sudan munosabatlari masalalari muhokama qilindi.
Ikki davlat ham BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni davom ettirish tarafdori ekanligi tasdiqlandi.
Uchrashuvda xalqaro muammolar, ayrim mintaqalardagi vaziyat ham ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)