2014-yilda Afg‘onistonda noqonuniy qurollangan guruhlar va hukumat qo‘shinlari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar ko‘payishi, shuningdek xalqaro harbiy kontingentning kamayishi oqibatida tinch aholi orasidagi qurbonlar soni 2013-yilga nisbatan 22 foizga oshdi, deb xabar bermoqda UzDaily.
BMTning Afg‘onistondagi missiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yilda mamlakatda tinch aholidan 3699 kishi o‘ldirilib, 6849 kishi jarohat olgan. Bu 2009-yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkich ekanligi qayd etilgan. Halok bo‘lganlarning 714 nafari bolalar, 298 nafari ayollar bo‘lgan.
Qurbonlarning 72 foizi jangari guruhlarning, 12 foizi hukumat kuchlarining, 2 fozi xalqaro xavsizlik kuchlarining harakatlari oqibatida, 10 foizi jangari guruhlar va Afg‘oniston harbiylari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar, 3 foizi urushdan keyin qolgan portlovchi moddalar harakatga kelishi tufayli halok bo‘lgan.
Izoh (0)