Toshkentda bir necha marta o‘g‘rilik va talonchilik jinoyatlarini sodir etgan jinoiy to‘da o‘zining uchinchi urinishida qo‘lga tushdi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Dastlab, o‘tgan yilning 21-matridan 22-martga o‘tar kechasi ikki yigit erkaklar kiyimi sotiladigan do‘konning oynalarini sindirib, u yerdan umumiy qiymati 5 million so‘mga teng kiyimlar va noutbukni o‘g‘rilab ketadi. Ikkinchi “ish”da o‘g‘rilar dorixona eshigini buzib kirib, 1 million so‘m pul va ikkita noutbukni o‘marishadi va dorixona egasiga 4 million so‘mlik zarar yetkazadi. Keyin 1−2 oy tanaffus qilishga qaror qilishadi.
Yozda ular o‘z saflariga yana bir kishini qo‘shib olib, Chilonzor tumanidagi mahallalardan biriga, to‘da a’zolaridan birining qo‘shnisinikiga o‘g‘rilikka tushishadi. Bu uydan jami qiymati 23 ming dollarga teng boyliklar, jumladan, 7500 dollar miqdoridagi pul, umumiy qiymati 7800 dollarga teng 7 ta erkaklar soati. Qiymati 10 ming dollarga teng olmosli qimmatbaho taqinchoqlar o‘marib ketiladi.
Ushbu hodisaning ertasiga uchovlon kafelardan birida o‘tirganda qo‘shnisining uyi o‘marilgan yigitning onasi qo‘ng‘iroq qilib, uni tezda uyga yetib kelishini so‘raydi. Uni ichki ishlar organlari xodimlari kutib turgandi. To‘daning qolgan ikki a’zosi esa biroz muddat yashirinib yurdi, biroq oxir-oqibatda Chirchiq shahrida qo‘lga olindi.
Izoh (0)