Osiyo chempionlar ligasidan o‘rin olgan “Al-Vahda” (BAA) va “As-Saad” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin dramatik kurashlar ostida o‘tdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
O‘yin boshida Damian Diaz mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki 20 daqiqasida qatarliklar 2 ta to‘p kiritib, oldinga o‘tib oldi. 72-daqiqada Amir Umar hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan 2-daqiqada Shehhiy “Vahda”ning uchinchi golini kiritdi. Aynan shu qo‘shimcha daqiqalarda mezbonlarning ikki, “As-Saad”ning bir nafar o‘yinchisi maydondan chetlatildi. 90+8-daqiqada esa dohaliklar hisobni tenglashtirdi — 3:3.
Qo‘shimcha bo‘limlarda tomonlar yana bittadan gol urdi. 98-daqiqada Xalfan Ibrohim o‘zining o‘yindagi uchinchi, jamoasining to‘rtinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, mezbonlar 9 kishi bo‘lib o‘ynayotganiga qaramay, Ismoil Matarning goli evaziga hisobni tenglashtirdi — 4:4.
Penaltilar seriyasida esa omad “As-Saad”ga kulib boqdi. Shu tariqa, Qatar klubi “Lokomotiv” o‘rin olgan “C” guruhiga borib joylashdi. Bu guruhda “Fulad” (Eron) va “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni) jamoalari ham o‘rin olgan.
OChL, saralash pley-off.
“Al-Vahda” (BAA) — “As-Saad” (Qatar): 4:4
Asosiy vaqt — 3:3. Qo‘shimcha bo‘limlar — 1:1. Penaltilar seriyasi — 4:5.
Gollar: Damian Diaz (8), Amir Umar (72), Muhammad ash-Shehhiy (90+2), Ismoil Matar (108) — Yusuf Ahmad (55), Xalfan Ibrohim (66, 90+8, 98)
Izoh (0)