O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov Polshaning Vrotslav shahrida start olgan ATP seriyasidagi “Chellenjer” turkumiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”. Do‘stov mukofot jamg‘armasi 85 ming yevroni tashkil etuvchi musobaqaning uchinchi raketkasi hisoblanadi.
Dunyo reytingida 118-o‘rinni egallab turgan hamyurtimiz ilk davrada germaniyalik Filipp Petshnerga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan murakkab bahsda Farrux Do‘stov tajribali raqibini 7:6, 6:7, 6:1 hisobida taslim etib, ikkinchi bosqichga yo‘llanma oldi.
Izoh (0)