Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashi Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Rezolyutsiyada Minskda erishilgan kelishuvlar qo‘llab-quvvatlanishi ifoda etilgan. Jumladan, barcha tomonlar ushbu kelishuvlarga amal qilishi lozimligi ko‘rsatilgan. Xavfsizlik kengashi a’zolari Ukraina sharqida jangovar harakatlar davom etayotganidan xavotirini bildirgan.
Rossiya tomonidan taklif qilingan rezolyutsiyada mojaroni faqatgina tinch yo‘l bilan hal qilish lozimligi aytilgan. Bunda mamlakatning suvereniteti va hududiy yaxlitligini ta’minlash lozimligi qayd etilgan.
Izoh (0)