Amerikalik qo‘shiqchi Ledi Gaga aktyor Teylor Kinni bilan unashtirildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
AQSh OAVlari yozishicha, 33 yoshli Kinni 28 yoshli qo‘shiqchiga 14-fevral kuni turmush qurish taklifini bildirgan. Shundan so‘ng juftlik unashtiruvni nishonlash uchun Ledi Gaganing oilasiga tegishli Joanne Trattoria restoraniga jo‘nagan.
Unashtiruv haqida 16-fevral, dushanba kunidagina ma’lum bo‘lgan, bu haqda Gaganing o‘zi Instagram’dagi sahifasiga o‘ziga hadya etilgan uzukning rasmini joylash orqali ma’lum qildi. Yurak shaklidagi uzukning qiymati 500 ming dollar deb taxmin qilinmoqda.