Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan “Paxtakor” Donetskning “Shaxtyor” klubi yoshlar jamoasiga qarshi maydonga tushdi, deb xabar beradi klubning rasmiy sayti.
Murabbiylar shtabi uchrashuvda, asosan, zaxirada qolib ketayotgan va yosh futbolchilar xizmatidan foydalandi. Ukrainaliklar 21 yoshgacha bo‘lgan jamoa bilan harakat qildi. Dastlab Bezborodko raqibni oldinga olib chiqdi. Keyin Shotursunov va Soliyev tomonidan kiritilgan ikki to‘p “Paxtakor”ga g‘alaba keltirdi.
“Paxtakor” 17-fevral kuni yig‘inni yakunlab, Toshkentga qaytib keladi.
Izoh (0)