Toshkentdagi Grand Mir mehmonxonasi yaqinidagi Mirobod va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishgan chorrahada Epica va yo‘ltanlamas avtomobil to‘qnashib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari ma’lum qilgan.
Suratlarga izoh bergan foydalanuvchilarning yozishicha, yo‘ltanlamas mashina burilayotgan Epica’ning o‘ng orqa tomoniga borib urilgan. Epica aylanib, yo‘l chetidagi chuqurga tushib ketgan va unga jiddiy zarar yetgan.
Voqeaning boshqa tafsilotlaari, shuningdek jabrlanganlar bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)