Fransiya elchisi Jak-Anri O‘ls 6-fevral kuni o‘z qarorgohida o‘tkazilgan marosim paytida elchixonaning uch nafar sobiq xodimini “Mehnat” faxriy medalining kumush darajasi bilan taqdirladi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi rasmiy saytida ma’lum qilingan.
Taqdirlanganlar Alevtina Gubanova, Anvar Inamov va Larisa Chugunovalar bo‘lib, ular Toshkentdagi Fransiya elchixonasida 20 yildan ortiq mehnat qilishgandan keyin o‘tgan yili kuzda nafaqaga chiqishdi. Elchi janoblari ularga sadoqati, fidokorligi, jonbozligi uchun o‘z minnatdorchiligini hamda ezgu tilaklarini bildirdi.
“Mehnat” faxriy medali bilan xodimlar ko‘p yillik xizmat faoliyati uchun yoki o‘z xizmat faoliyatidagi tashabbuskorlik xususiyatlari, shuningdek, eng yaxshi natijalarga erishish yo‘lidagi xizmatlari evaziga taqdirlanadi.
Izoh (0)