Samarqand shahar hokimi Akbar Shukurov Italiyaning Florensiya shahri gubernatori Andrea Barduchchi bilan ikkala shahar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today.
Memorandumni imzolash marosimi Samarqand shahar hokimligida Italiya delegatsiyasi va jamoatchilik vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Samarqand hokimi memorandum Florensiya bilan barcha sohalardagi hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qilishiga umid bildirdi. Andrea Barduchchi esa Samarqand ham, Florensiya ham jahon madaniyati markazlaridan hisoblanishini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, Samarqand hozirgacha 10 ta shahar bilan “birodarlashgan” maqomiga ega: Lyej (Belgiya), Lion (Fransiya), Lahor (Pokiston), Plovdiv (Bolgariya), Rio-de-Janeyro (Braziliya), Banda-Achex (Indoneziya), Lvov (Ukraina), Bremen (Germaniya), Krasnoyarsk va Samara (Rossiya).
Izoh (0)