Kecha, 12-fevral kuni Londonda bo‘lib o‘tgan Sotheby’s kimoshdi savdosida “Barselona” yulduzi Lionel Messining ikkita surati sotuvga qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Olamsport.com”.
Yaponiyalik rassom Takasi Murakami ijodiga mansub surat 429 ming, britaniyalik Demen Xerstning surati esa 494 ming yevroga sotildi.
Kartinalar sotuvidan tushgan mablag‘ xayriya sifatida Bangladesh, Indoneziya va Nepalda ta’lim yo‘nalishini rivojlantirish uchun sarflanadi.
Izoh (0)