Kecha, 12-fevral kuni BAA chempionatining 16-tur uchrashuvlariga start berildi. “Bunyodkor”ning OChL-2015 “pley-off” bosqichi doirasidagi raqibi “Al-Jazira” jamoasi ushbu turni mehmonda “Emireyts” klubiga qarshi o‘tkazib, safardan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Ali Mabhut 18-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tar-o‘tmas “Emireyts” himoyachisi Muborak Said kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, avtogol muallifiga aylandi.
BAA chempionati, 16-tur
“Emireyts” – “Al-Jazira” 0:2 (0:2)
Gollar: Ali Mabxut 18 (0:1), Muborak Said 21 avtogol (0:2)
“Al-Jazira”: Holid Al-Senani, Bashir Said, Holid Sabel, Xalfan Said, Abdulla Musa, Jusiley, Lanzini (Sulton Al-Suvaydi 84), Hamis Ismoil (Yosir Matar 81), Vuchinich, Pitroipa, Ali Ahmad Mabhut (Ahmad Al-Attas 90+2).
Ushbu uchrashuv Erik Gerets boshchiligidagi “Al-Jazira” klubining Toshkent safari oldidan o‘tkazgan so‘nggi rasmiy bahsi edi.
Izoh (0)