Rossiyaning Saratov viloyatidagi maktabning 4-sinfida o‘quvchi 10 yoshli Alfiya Tojiboyeva Volga daryosida cho‘kayotgan ikki bolani qutqarib qoldi, deb xabar bermoqda “Moy Engels” sayti.
Qayd etilishicha, Alfiya qo‘shni bolalar – 1-sinf o‘quvchisi Darya va uning 7 yoshli ukasi Mixail bilan sayr qilib yurganda bolalar muzlagan Volga daryosi ustiga chiqib, tosh otib o‘ynay boshlagan. Alfiya esa muz yorilishini bilib, ularni qaytarishga uringan. Biroq muz yorilgach, bolalar cho‘ka boshlagan. Alfiya ularni qutqarib, o‘zi suvga tushib ketgan. Onasiga qizni shifoxonada shifokorlar ko‘rigida qoldirish tavsiya qilingan.
Ma’lum bo‘lishicha, Alfiyaning onasi Rossiyaga to‘rt yil oldin ikki nafar farzabdi bilan O‘zbekistondan ko‘chib ketgan.
Izoh (0)