Rossiyaning Yevropa Ittifoqi huzuridagi vakili Vladimir Chijov Rossiya tanklarinng Ukraina sharqida uchratilishi Moskva ayirmachilarga yordam berayotganini anglatmasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Rossiya, aniqrog‘i sovet tanklari Rossiyada ham, Ukrainada ham ishlab chiqarilgan. Rossiya tanklarini butun dunyoda uchratish mumkin, Ukraina esa ular bilan to‘lgan. Ukraina sharqidagi mojaro hududidagi tanklarning suratlari Donbassda Rossiya harbiy xizmatchilari borligiga xolis dalil bo‘lib xizmat qilmaydi”, − dedi Rossiya vakili.
Eslatib o‘tamiz, Minskda bo‘lib o‘tgan “normand to‘rtligi” muzokaralari yakunida imzolangan hujjatda mojaro tomonlari og‘ir qurollarni o‘z pozitsiyalaridan ortga surishi, shuningdek, Ukraina hududidan barcha xorijiy harbiy texnika va jangovar guruhlarni olib chiqib ketish belgilab qo‘yildi.
Izoh (0)