Qirg‘izistonda benzin narxi 2015-yil boshidan buyon yana bir marta arzonlashdi. Bu haqda Neft sotuvchilar uyushmasiga asoslanib “24.kg” xabar berdi.
12-fevralda Qirg‘iziston janubida AI-92 benzinining bir litr uchun narxi 1 qirg‘iz somiga, AI-95 va AI-98 narxlari 2 somga arzonlashgan. Janubiy viloyatlarda esa AI-92 1,5 somga, AI-95 2 somga, dizel esa 1 somga arzonlashgan. “Kabar” axborot agentligi xabariga ko‘ra, yoqilg‘i narxi hozirda quyidagi ko‘rinishga ega:Qayd etilishicha, 2015-yil boshidan buyon Qirg‘izistonda benzin narxi 6−7 somga arzonlashgan.Ma’lumot uchun, Qirg‘iz Respublikasi Milliy banki 12-fevral kuni o‘rnatgan valyuta kurslariga binoan, 1 AQSh dollari 60,6373 somga teng.
Izoh (0)