Joriy yilning 9-fevral kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhi Jidda shahrining xalqaro aeroportida ishchi guruhi tomonidan kutib olindi. Bu haqda O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati xabar berdi.
Shu kuni kech soat 18:30 da ziyoratchilar Madina shahridagi o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun mo‘ljallangan “Fayruzatu-l-xayr” mehmonxonasiga joylashdilar. Mehmonxona payg‘ambarimiz masjidlari (Xarami Nabaviy) ga yaqin bo‘lib, 200 metr uzoqlikda joylashgan.
Qayd etilishicha, mehmonxona yangi, shinam va barcha qulayliklarga ega. Ziyoratchilar uchun tibbiyot markazi tashkil qilingan, ularning sog‘liqlari shifokorlar nazoratida. Ziyoratchilar orasida bemorlar yo‘q. Barcha ko‘tarinki kayfiyatda.
Izoh (0)