Italiyaning “Milan” jamoasi sobiq bosh direktori Ariyedo Brayda Ispaniyaning “Barselona” klubi sport dikertori etib tayinlanadi, deya xabar beradi “Uff.uz” Le Figaro nashriga tayanib.
Kataloniya klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu bu borada 68 mutaxassis bilan kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.
Qayd etish joizki, Brayda 2013-yilga qadar 28 yil davomida “Milan”da muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan va ko‘pgina mashhur futbolchilarni jamoaga jalb qilgan. Uning so‘nggi ish joyi “Sampdoriya” klubi edi.
Izoh (0)