“Ukrainalik atamanlar” boks klubining 75 kilogramm vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschisi Xurshid Normatov “Xitoy ajdarholari” a‘zosini nokautga uchratgach ijro etgani ukrainlarning milliy raqsi − gopak ekanligini bilmaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Men ukrain milliy raqsini ijro etganimni bilmagan edim. Bizda mashg‘ulotlarga shunday topshiriq berishgandi. G‘alabadan quvonib, uni takrorlashga qaror qilgandim. Shundan keyin menga ‘gopak zo‘r chiqdi’ deb yozishdi. Men esa gopak nima yoki kim ekan deb o‘yladim. Keyin jamoadagi yigitlar bu mamlakatingizning milliy raqsi ekanligini tushuntirdi”, − dedi Xurshid o‘sha holat haqidagi savolga javoban.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada boksga qiziquvchilar juda ko‘p. O‘zining ringda ko‘p harakatlanishi va yaxshi jismoniy holatdaligini Ukrainadagi mashg‘ulotlarda 10−15 kilometr kross yugurishi, O‘zbekistonda esa tog‘larda 20 kilometrgacha yugurishi bilan izohlagan.
Izoh (0)