O‘zbekistonda 2016-yil oxirigacha sement ishlab chiqaruvchi yana bir zavod qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Qoraqalpoqsement” MChJ sement zavodini qurish loyihasi 2015-yilgi qurilishi pudrat ishlari dasturiga kiritilgan. Dasturga binoan, loyiha 2015−2016-yillarda amalga oshiriladi. Zavodning quvvati yiliga 400 ming tonna sement ishlab chiqarishga yetadi.
2015-yilda loyiha doirasida 3,8 milliard so‘m o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Bundan 0,3 milliard so‘m qurilish-montaj ishlariga ishlatiladi.
Izoh (0)