Janubiy Koreyadagi Inchxon xalqaro aeroporti yaqinida 11-fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:30 da yuzga yaqin transport vositasi, jumladan maktab avtobusi ishtirokida yirik yo‘l-transport vositasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, 60 dan ortiq avtomobilga zarar yetgan, 40 ga yaqini esa hodisa oqibatida ko‘prikda qamalib qolgan. Shuningdek, kamida ikki kishi halok bo‘lib, 63 kishi jarohat olgani xabar qilingan.
Jabrlanuvchilar orasida Xitoy, Tailand, Vyetnam, Yaponiya, Filippin, Bangladesh, Shveysariya va Rossiya fuqarolari bo‘lgan. Avariyaga quyuq tuman sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)