“Bunyodkor” klubi yarim himoyachisi Sardor Rashidov yangi mavsum oldidan bo‘lib o‘tgan jamoa taqdimoti marosimidan so‘ng kelajagi borasida savolga javob berib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
“Osiyo Kubogidan so‘ng xorijning bir qator klublaridan takliflar tushdi. Ular orasida Osiyo jamoalari bilan bir qatorda Rossiya va Ispaniya klublaridan ham bor.
Ammo hozircha butun e’tiborim Osiyo Chempionlar ligasi doirasida ‘Al Jazira’ga qarshi kechadigan o‘yinga qaratilgan. Bu o‘yinda jamoamga yordam berishni juda istayman. Faqat ‘Al Jazira’dan o‘tib olganimizdan so‘ng takliflarni ko‘rib chiqamiz.
Hozircha kelajagim borasida aniq bir gap ayta olmayman. Buning ustiga Yevropada hozir transfer mavsumi ham emas. Yozgacha esa ko‘p narsalar o‘zgarib ketishi mumkin”, — dedi Sardor Rashidov.
Izoh (0)