Taniqli xonanda Uitni Xyustonning 21 yoshli qizi Bobbi Kristina Braunning qarindoshlari uni 11-fevral kuni hayotni ta’minlovchi tizimdan uzib qo‘yishga rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Qayd etilishicha, 2012-yil 11-fevral kuni uning onasi Uitni Xyustonni vannada o‘lgan holda topishgan. Keyinroq u narkotiklarni haddan ortiq iste’mol qilish va yurak xuruji tufayli vafot etgani aniqlangan.
Joriy yilning 31-yanvar kuniBobbi Kristinani eri vannada hushsiz holda topib, shifoxonaga olib borgan. Shifokorlar uni sun’iy koma holatiga keltirib, yashab ketishi uchun umid kamligini ma’lum qilgan. Qizning oilasi maslahatlashib, uning miyasi o‘lib bo‘lgan, degan qarorga kelgan va uni apparatlardan uzishga rozi bo‘lgan. Politsiya qizning nima uchun bu holatga kelib qolgani borasida tekshiruvlarni davom ettirmoqda.
Izoh (0)