Apple kompaniyasi transport vositasiga faollashtirish haqidagi xabarni yuborib, uni ishga tushiruvchi portativ qurilma ishlab chiqarish uchun patent oldi. Bu haqda Business Insider portaliga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.
Qurilmaga berilgan hujjatda aytilishicha, avtomobil egasi bunday qurilma bilan o‘z mashinasini kalit bilan emas, balki iPhone yordamida ochishi mumkin bo‘ladi. Smartfon bilan avtomobil o‘rtasidagi aloqa Bluetooth texnologiyasi yordamida o‘rnatiladi.
Avvalroq Apple kompaniyasi yonida iPhone smartfoni bo‘lgan avtomobil egasi o‘z mashinasiga yaqinlashganda, uning eshiklarini ochuvchi texnologiyaga patent olgan edi. Aynan shu ikki yangi texnologiya avtomobilni ishga tushirish funksiyasida bir-biri bilan hamkorlikda ishlaydi.
Izoh (0)