GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi 2014-yilda 245,7 mingta avtomobil ishlab chiqardi. Bu 2013-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillardan (246031 ta) 0,13 foizga kamdir, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
“O‘zavtosanoat” kompaniyasi saytida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yilda 55 mingdan ortiq yengil avtomobil eksport qilingan. Bu 2013-yilgidan (90,2 ming mashina) 39 foizga kamdir. Eksport kamayishi Rossiya bozoridagi holat bilan bog‘liqligi aytilgan.
Shuningdek, “O‘zavtosanoat” korxonalari tomonidan 2014-yilda Isuzu rusumli 3800 ta avtobus va yuk mashinasi, MAN rusumli 1200 ta yuk avtomobili va 133,7 mingta kuch agregati ishlab chiqarilgan.
Izoh (0)