2015-yilning 6-fevral kuni “Ucell−Buxoro” ofisi o’zining 15 yilligini nishonladi! Bu kompaniya hayotida muhim hodisa bo‘lib, ushbu kun ofisga tashrif abonentlarni uchun haqiqiy bayramga aylandi! Ta’kidlash joizki, Ucell-Buxoro” ofisi 2000 yilda ochilgan bo’lib, bugungi kunga kelib kuniga 500 tagacha mijozga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofisi uzoq 15 yillik yo‘lni bosib o‘tib, o‘z mijozlari bilan qulay aloqa sari navbatdagi qadamni tashlamoqda va Ucell aloqasidan bir necha yillar davomida foydalanib kelganlar uchun yangi imkoniyatlar taqdim etmoqda. Kompaniya xizmatlariga ulanish, aloqa xizmatlari uchun to‘lov, kompaniya xizmatlariga aloqador istalgan masala yuzasidan ofis xodimlarining professional maslahatlari − bularning barchasi abonenetlarga do‘stona yondashuv bilan taqdim etilmoqda.
Bu kun kompaniyadan qimmatbaho mukofotlarni qo‘lga kiritgan “Ucell bilan orzular sari” aksiyasi g‘oliblari uchun o‘zgacha bo‘ldi.
“Ucell−Buxoro” mintaqaviy bo‘linmasi boshlig‘i Mehriddin Muhamedov g‘oliblarga qimmatbaho mukofotlar va 50 million so‘mlik sertifikatni tantanali ravishda topshirdi.
“Fursatdan foydalanib, Buxoro shahri abonentlarini bunday muhim voqea bilan tabriklayman. Biz cho‘qqilarni aynan abonentlarimiz bilan yonma-yon turib zabt etamiz. Kompaniya rivojlanmoqda va ko‘plab yangi xizmatlar aholi hayotini yanada osonlashtirib, bir-biriga yaqinlashtirmoqda. Aynan Buxoro viloyati aholisi aksiyalarimizda faol ishtirok etib, g‘olib bo‘layotgani va qimmatbaho mukofotlarni qo‘lga kiritayotganini qayd etishdan mamnunman”, − dedi “Ucell−Buxoro” mintaqaviy bo‘linmasi boshlig‘i Mehriddin Muhamedov.
“Ofisning 15 yoshga to‘lishi Buxoro aholisi uchun haqiqiy bayram bo‘ldi desak, mubolag‘a bo’lmaydi. Sog‘lig‘im sabab Toshkentda bo‘lib o‘tgan ko‘rsatuvga kela olmadim. Biroq, ushbu sertifikatni ona shahrimda olish imkoni borligini xabar qilishganida, juda quvondim! “Ucell bilan orzular sari” aksiyasi doirasida mening orzuim ushaldi, endi o‘g‘limni uylantirib, unga kvartira sotib olib bermoqchiman! Shuningdek, bolalar uyida tarbiya olayotgan bolajonlar uchun katta palov tayyorlab, ularga sovg‘alar ulashmoqchiman! Ucell’ga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman!”, − dedi “Ucell bilan orzular sari” aksiyasi doirasida 50 millionlik sertifikat g‘olibasi Saidova Manzura Obidovna.
“Ucell o‘z mijozlar uchun doimo qayg‘uradi! Buxorodagi ofisda doim kerakli savollarga tezkor ravishda javob olish mumkin! Bu men uchun juda muhim! Aksiyaning barcha ishtirokchilariga omad tilab, Ucell kompaniyasiga sovg‘a uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman”, − dedi “Ucell bilan orzular sari” aksiyasining g’olibasi Qodirova Sanobar Arziyevna.
Bayram kuni “Ucell−Buxoro” ofisiga tashrif buyurganlar kompaniyadan ko‘plab sovg‘alar va syurprizlarni qo‘lga kiritdi.
Bugungi kunda kompaniya respublika bo‘ylab Yevropa sifat standartlariga javob beruvchi 20 dan ortiq o‘z ofislariga ega.
Ucell Kompaniyasining abonentlik bazasi doimiy ravishda ortmoqda, tarmoq geografiyasi butun respublika bo‘ylab kengaymoqda. Bugungi kunda Ucell 8,5 milliondan ortiq abonentlarga xizmat ko‘rsatib, ular kundalik hayotining ajralmas qismiga aylangan. Kompaniya mamlakatimiz iqtisodiy farovonligi va jamiyatning ijtimoiy rivojiga hissa qo‘shish niyatida samarali faoliyat yuritmoqda.
Izoh (0)