Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tavsiyasiga binoan o‘zbekistonlik olti kishiga fransuz-o‘zbek hamkorligiga qo‘shgan hissalari uchun Fransiya hukumati tomonidan Akademik Palma mukofoti kavaleri unvoni berildi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdirlanuvchilar quyidagilar:
- Dilfuza Ataullayeva, Samarqand chet tillar instituti fransuz tili o‘qituvchisi.
- Amriddin Berdimuradov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori.
- Shuhrat Egamberdiyev, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori.
- Dilbar Ibragimova, fransuz tili o‘qituvchisi.
- Abdurahim Nosirov, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Umumtа’lim mаktаblаri vа ixtisоslаshtirilgаn mаktаblаr bоshqаrmаsi boshlig‘i.
- Jamoliddin Yoqubov, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Akademik Palma ordeni Fransiya yoki xorijdagi ta’lim xodimlari va ilmiy-tadqiqotchilarni o‘z sohalaridagi buyuk xizmatlarini taqdirlash uchun beriladigan Fransiya davlatining faxriy mukofotidir. Chet ellik nomzodlarni aniqlashda ularning fransuz tili va madaniyatini targ‘ib etishdagi faol ishtiroki yoki Fransiya va o‘z mamlakatlari o‘rtasidagi universitetlararo hamkorlik va ilmiy loyihalarda yaqindan ishtiroki inobatga olinadi. Akademik Palma mukofotining uch darajasi mavjud: kavaler, ofitser va komandor.
Izoh (0)